Chexiya tovuqlari
Chexiya tovqlarining anʻanaviy zotlari
Chexiya tovuqlarining tarixi
Chexiya tovuqlari – bu qadimgi tovuqlardan boʻlib, ularning tarixi oʻtgan asrlarga borib taqaladi. Bu tovuqlar haqida 1205 yilda Daniya qiroli Vladimir II Gʻolibning Chexiya malikasi Margarita Bogemskaya bilan boʻlayotgan nikoh marosimiga bir gala chexiya tovuqlari sovgʻa sifatida tagʻdim etilganda birinchi yozuvlar qoldirilgan. Odatda Chexiya tovuqlari rang-ba-rang patlarga ega boʻlishgan. Eng koʻp uchraydigani bu olting va yovvoyi turdagi tovualr boʻlgan. Chexiya tovuqlari dehqon tovuqalar – mahalliy tovuqlar zotidan kelib chiqqan boʻlib, ular 19 asrning yarimiga qadar asosan Chexiya Respublikasida yashashgan. 19 asrning yarmidan boshlab bu mahhaliy tovuq zotlari boshqa mamlakatlardan olib kirilgan zotlar bilan chachishtirilgan, mahalliy tovuqlar esa butunlay yoqolib ketish havfi ostida qolishgan.
Buning natijasida, 1913 yilning avgust oyida Gavlichkuv-Brodlik Karel Shkoda (1862 yilning 3 fevralida tavvalud topgan., 1927 yil 1 mayda vafot etgan) mahalliy tovualar zotidan qolgan bir gala tovularni toʻplblan olgan boʻlib, ular Gumpolets hududining Chexiya-Moraviya tepaligida topilgan. Karel Shkoda tovuning ikki xil turini aniqladi – birinchi turi Komorovitse qishlogʻining tovugʻlari boʻlgan, ikkinchisi esa Cheski Shitsendorf (ayni damda Strijibrne Gori qishlogʻining qismihisoblanadi) qishlogʻi fermasidan sotib olingan tovuqlar boʻlgan. 1924-1925 yillarda Kromorovitse ishlogʻidagi tovuqlar turi aniqlangan va unga Chexiya oltin tovugʻi nomi berilgan, Cheski Shitsendorf tovugʻi esa chexiya kakliksimonlar zotiga mansub deb topildi. Chestimir Sedlak (1890 yilda tugʻilgan., 1957 yilning 5 iyunida vafot etgan) qolgan mahhaliy tovuqlarni ichida Klatovi va Dobrjish hududidagi turlarni aniqladi. Keginchalik ikki xil tur ham chachishtirilgan. 1936 yilda Chexiya oltin tovugʻi iqutisodiy muhim hayvollar tukimiga kiritilgan. 1985 yilda nazoratli koʻpaytirish ostitida 3600 ta chexiya oltin tovuqlari boʻlgan. 1992 yilda chexiya oltin tovugʻi Chexiya genetik resurslari tarkibiga kiritilgan. 20 asr davomida Chexiya tovuqlarining mitti turlari yaratildi.
Shumava tovuqlari
Irqiy shumava tovuqlari qadimgi turlardan boʻlib, asosan Bogem oʻrmonining (chexcha nomi – Shumava) togʻ yaqinlarida yashagan. Ehtimol bu shimoliy Chexiya tovuqlarining bir turi boʻlishi mumkin. Afsuski, irqiy Shumava tovuqlari yoqolib ketkanligi aniqlandi. Bu turning zamonaviy tarixi 1945 yildan soʻng boshlandi. Tovularning bu turini tiklash uchun Vimperk va Kashperske Gori hududlaridan ularga oʻxshash boʻlgan tovuqlar yigʻib olindi va ular bir nechta oʻrta hajmga ega boʻlgan rod-ayland, viandot, plimutroq, nyu-gempshir kabi va keginchalik Chexiya tovuqlari bilan chachishtirilgan. Bu chachishtirish natijasida xozirda bu tur Shumava zoti deb nom olgan, ammo ular birinchi turdagisidan ozgina farq qiladi. Tanasi qora aralash oltin rangli va qora dumga ega boʻlgan shumava tovuqlari saqlanib qolgan halos.